«imtiyozli kredit» tegli maqolalar


Aholiga meva-sabzavot yetishtirish uchun 60 ming gektar yer tarqatiladi
12 fevral 2024, 14:33

Aholiga meva-sabzavot yetishtirish uchun 60 ming gektar yer tarqatiladi

Prezident meva-sabzavot yetishtirish va eksportini oshirish maqsadida aholiga yana 60 ming gektar yer tarqatilishini ma’lum qildi. Bunday yer maydonlari hamda tomorqalarga sanoat, kooperatsiyani keng olib kirish va mahsulot yetishtirish uchun 1 trln so‘m kredit resursi ajratiladi.

Imtiyozli kreditlash amaliyotini qisqartirish bo‘yicha choralar davom ettiriladi — MB
26 oktabr 2023, 17:46

Imtiyozli kreditlash amaliyotini qisqartirish bo‘yicha choralar davom ettiriladi — MB

Markaziy bank kelgusi yillarda pul-kredit siyosati ta’sirchanligini oshirishda imtiyozli kreditlash amaliyotini qisqartirish va bozor tamoyillari asosida shakllanuvchi foiz stavkalariga o‘tish borasida choralarni davom ettirishini bildirdi.

Oilaviy tadbirkorlik bo‘yicha kreditlar MB asosiy stavkasidan 4 foiz band yuqori stavkada ajratiladi
19 sentabr 2023, 10:34

Oilaviy tadbirkorlik bo‘yicha kreditlar MB asosiy stavkasidan 4 foiz band yuqori stavkada ajratiladi

Prezident qarori bilan 2024-yildan oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari bo‘yicha kreditlar Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foiz punkt yuqori stavkada ajratilishi belgilandi. Hozirda bunday kreditlar asosiy stavka darajasida ajratib kelinmoqda.

2022-yilda budjetdan g‘alla uchun jami 4 trln so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi
7 sentabr 2023, 11:11

2022-yilda budjetdan g‘alla uchun jami 4 trln so‘m imtiyozli kreditlar ajratildi

O‘zbekistonda 2022-yilda budjetdan g‘alla uchun 4 tlrn so‘m imtiyozli kredit ajratildi, bu 2017-yilga nisbatan 3 barobarga ko‘p. Meva-sabzavotlar uchun 1,1 trln so‘m miqdoridagi imtiyozli kredit berildi. Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash uchun so‘nggi yillarda 41 turdagi subsidiya joriy etilgan.

Qashqadaryoda 162 mln so‘mlik imtiyozli kreditni talon-toroj qilgan hokim yordamchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
23 fevral 2023, 18:19

Qashqadaryoda 162 mln so‘mlik imtiyozli kreditni talon-toroj qilgan hokim yordamchisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Shahrisabzda hokim yordamchisi o‘zi ta’sischiligidagi MCHJga 162 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit olib, ushbu mablag‘larni talon-toroj qilganlikda gumonlanmoqda. Unga nisbatan JKning 3 ta moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Ikki hududda qariyb 1,3 mlrd so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari talon-toroj qilindi
19 avgust 2022, 13:03

Ikki hududda qariyb 1,3 mlrd so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari talon-toroj qilindi

Ishtixon tumanida fermer xo‘jaligi rahbari xorijdan naslli chorva mollarini sotib olish uchun ajratilgan 780 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘larini o‘zlashtirganligi aytilmoqda. Angren shahrida esa baliqchilik uchun ajratilgan 490 mln so‘m imtiyozli kredit mablag‘i talon-toroj qilingan.

Namanganda 13 mlrd so‘mlik subsidiya va imtiyozli kredit evaziga qurilgan issiqxonalar ishlamayotgani aniqlandi
24 iyun 2022, 11:51

Namanganda 13 mlrd so‘mlik subsidiya va imtiyozli kredit evaziga qurilgan issiqxonalar ishlamayotgani aniqlandi

2020 yil Chortoq tumanida adirlikda tashkil etilgan 1000 ta issiqxonaning 95 foizi yaroqsiz holda ekani aniqlandi. 6,7 mlrd so‘m subsidiya va 6,3 mlrd so‘m imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan issiqxona tumandagi 1000 ta kambag‘al oila a’zolarini ish bilan ta’minlashi kerak edi.

Jahon banki O‘zbekistonga $142 mlnlik imtiyozli kredit ajratadi
9 iyun 2022, 15:33

Jahon banki O‘zbekistonga $142 mlnlik imtiyozli kredit ajratadi

Jahon banki O‘zbekistonda degradatsiyaga uchragan yerlar va o‘rmonlarni tiklash maqsadida 30 yil muddatga 142 mln dollarlik imtiyozli kredit ajratadi. Bundan tashqari, loyiha doirasida yana ikkita trast fond qo‘shimcha 11 mln dollar yo‘naltiradi. O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasiga bir qator vazifalar yuklatilmoqda.

O‘zbekistonning 16 ta hududida charm-poyabzalga ixtisoslashgan sanoat zonalari tashkil etiladi
25 yanvar 2022, 10:57

O‘zbekistonning 16 ta hududida charm-poyabzalga ixtisoslashgan sanoat zonalari tashkil etiladi

Prezident O‘zbekistonning 16 ta tuman va shahrida charm-poyabzal ishlab chiqarishga ixtisoslashgan kichik sanoat zonalari tashkil etilishini ma’lum qildi. Shuningdek, tadbirkorlarga uskunalar xarid qilish uchun 3 yillik imtiyozli davr bilan 7 yilga kreditlar ajratiladi, qolaversa, avval berilgan soliq va bojxona imtiyozlari muddati 2026 yilgacha uzaytiriladi.

«Pandemiya bo‘lmaganida imtiyozli kreditlardan voz kechgan bo‘lardik» — Mamarizo Nurmuratov
20 yanvar 2022, 21:04

«Pandemiya bo‘lmaganida imtiyozli kreditlardan voz kechgan bo‘lardik» — Mamarizo Nurmuratov

2021 yildan O‘zbekistonda imtiyozli kreditlash siyosatini bekor qilish rejalashtirilgan edi, biroq koronavirus pandemiyasi tufayli bu rejalarni keyinga surishga to‘g‘ri keldi, dedi Markaziy bank raisi Mamarizo Nurmuratov. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘tgan yili imtiyozli shartlarda kreditlarning 24,6 foizi berilgan va bu 2018 yilga nisbatan 2 barobar kamdir. Shu bilan birga, imtiyozli kredit portfeli tarkibida muammoli kreditlarning ulushi yuqori darajada qolmoqda.

Hunarmandlarga 225 mln so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi
6 yanvar 2022, 17:50

Hunarmandlarga 225 mln so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi

2022 yilda hunarmandchilik loyihalarini moliyalashtirishga 500 mlrd so‘m yo‘naltiriladi. Shundan kelib chiqib, hunarmandlarga oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturlari doirasida 6 oygacha imtiyozli davr bilan 225 mln so‘mgacha kredit beriladi. Ular mablag‘larni naqd pul ko‘rinishida olishi ham mumkin.

Yosh tadbirkorlarga 540 mln so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi
22 dekabr 2021, 10:35 32

Yosh tadbirkorlarga 540 mln so‘mgacha imtiyozli kreditlar ajratiladi

2022−2024 yillarda maxsus o‘quv kurslarini tamomlagan va sertifikatni qo‘lga kiritgan yoshlarga 540 mln so‘mgacha kredit beriladi. Kredit foiz stavkasi Markaziy bankning asosiy stavkasida, 3 yil imtiyozli davr bilan 7 yil muddatga ajratiladi.

21 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
21 dekabr 2021, 22:00

21 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Orol dengizining kuni kutayotgan Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi, «Shovotlandiya» kafesini yoqib yuborgani uchun butun umrga qamalgan shaxslar, changli bo‘ron kuzatilayotgan Qarshi, avtomobillarni chaqirib olayotgan UzAuto Motors, Qibrayda qariyb 14 gektar yerni 3,4 mln dollarga sotmoqchi bo‘lganlar, totalizatorlar faoliyatiga qarshi Ruslanbek Davletov, bloklangan Twitter post e’lon qilayotgan Tanzila Narbayeva, O‘zbekistonlagi rahbarlarning mutaxassisligi va karera yo‘li — «Gazeta.uz» ning 21 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

Oilaviy tadbirkorlik uchun 14 foiz stavkada imtiyozli kreditlar ajratiladi
21 dekabr 2021, 15:06 30

Oilaviy tadbirkorlik uchun 14 foiz stavkada imtiyozli kreditlar ajratiladi

Prezidentning yangi qarori bilan tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan aholi va tadbirkorlik sub’etlariga imtiyozli davr bilan yillik 14 foiz stavkali kreditlar taqdim etiladi. Yagona elektron platforma orqali ajratilgan kreditlar hisobidan tovar va xizmatlar platformadagi «marketpleys» tizimi yordamida sotib olinadi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting